

Kreon® – Ferment yetishmovchiligini davolash uchun oʻziga xos fermentli preparat Creon Minimicrospheres® shaklida*6
* Pankreatinning bu shakli Abbott Laboratories GmbH tomonidan ishlab chiqilgan va ishlab chiqarilgan.
Creon Minimicrospheres® Abbott tegishli
**Oziqlanishdagi xatoliklar holatlarida (yogli ovqat yeish, meyoridan ortiq ovqat iste’mol qilish, nomuntazam ovqatlanish va boshqalar).
Dori vositasining tashqi ko’rinishi taqdim etilgan badiiy tasvirdan farq qilishi mumkin.
![]()
Qorinda ogʻriq, og’irlik, meteorizm³ kabi ferment yetishmovchiligi simptomlarini bartaraf etishga yordam beradi
![]()
Barcha yoshdagi va toifadagi odamlar (bolalar, kattalar, keksalar)¹ uchun toʻgʻri keladi⁴
![]()
Kreon®⁵ oshqozon osti bezi funksiyasini kamaytirmagan holda ovqatning tabiiy hazm boʻlishiga yordam beradi²
![]()
Kreon® — hazm fermenti preparatlari orasida yetakchi⁸.
*ekzokrin oshqozon osti bezi yetishmovchiligi bo’lganda
Kreon® o`rinbosar ferment terapiyasi uchun “a’lo” preparat talablariga javob beradi4,7:
– oshqozon suyuqligi ta’siridan himoyalangan
– zarrachalarning kichik hajmi oshqozondan ichakka ovqat bilan birga o’tish imkonini beradi
– koʻp miqdordagi zarrachalar tabletka shaklidagi fermentlarga nisbatan koʻproq maydonda ta’sir etishni ta’minlaydi
– ta’siri kerakli joydagina (ingichka ichakda) boshlanadi
Ferment yetishmovchiligi holatida (oshqozon osti bezining ekzokrin yetishmovchiligi) holatida – bunday holatda oshqozon osti bezi yetarli miqdorda ferment ishlab chiqara olmaydi, masalan mukovistsidoz, surunkali pankreatit (uzoq muddat oshqozon osti bezining salqishi), pankreatektomiya (oshqozon osti bezining butunlay yoki qisman olib tfshlanganligi) yoki boshqa holatlar.
Kreon® tarkibida 3 ta ovqat hazm qilish fermenti mavjud:
Lipaza – yogʻlarni parchalaydi;
Proteaza – oqsillarni parchalaydi;
Amilaza – uglevodlarni parchalaydi.
Kreon® jelatinli kapsulalarida Creon Minimicrospheres® shaklida cho’chqadan olingan pankreatin mavjud. Kapsula oshqozonda tez erib, ko’p miqdordagi mayda zarrachalarni bo’shatadi, bu ularning oshqozondagi ovqat bilan yaxshi aralashishi, uning tarkibi bilan birga osqozondan ichakka oʻtishini va fermentlarning ichakdagi ozuqa orasida taqsimlanishini ta’minlaydi.
Creon Minimicrospheres® ingichka ichakka tushganidan keyin qobiq tezda erib ketadi va lipolitik, amiloliti, proteolitik faollikka ega fermentlarni erkilashtiradi, shundan keyin yogʻlar, uglevodlar, oqsillar parchalanishi ta’minlanadi. Hazm qilish pankreatik mahsulotlari shundan soʻng darhol, yoki ichak fermentlarining gidrolizi natijasida soʻrilib ketadi.
Preparatni ovqatlanish vaqtida, yoki ovqatlanib boʻlgach darhol qabul qilinadi.
Kapsulalarni butunligicha, maydalamasdan, chaynamasdan, ovqatlanish vaqtida, yoki ovqatlanib boʻlgach, yoxud yengil tamaddi qilgach darhol yetarli miqdordagi suyuqlik bilan ichiladi. Agar kapsulani butiunligicha yutishning ilojisi boʻlmasa (masalan, bolalar yoki keksa patsiyentlarda), uni ehtiyotkorlik bilan ochib, Creon Minimicrospheres® chaynashni talab qilmaydigan kislotali muhitga ega (pH <5,5) yumshoq ovqatga yoki kislotali muhitga ega suyuqlikka (pH <5,5) qo’shilishi mumkin. Bu mayda qirilgan olma yoki yogurt, yoxud pH<5,5 li meva sharbatlari,masalan olma, apelsin, ananas sharbati boʻlishi mumkin. Bu aralashmani tayyorlash bilan iste’mol qilish lozim. Ogʻiz boʻshligʻida preparat qoldiqlari qolib ketmasligini inazorat qilish zarur.

