
Kapsulalarni butunligicha, maydalamasdan, chaynamasdan, ovqatlanish vaqtida, yoki ovqatlanib boʻlgach, yoxud yengil tamaddi qilgach darhol yetarli miqdordagi suyuqlik bilan ichiladi. Agar kapsulani butiunligicha yutish iloji boʻlmasa (masalan, bolalar yoki keksa patsiyentlarda), uni ehtiyotkorlik bilan ochib, Creon Minimikrosferes® ni nordon ta’mli (pH <5,5), yumshoq, chaynash talab etilmaydigan taomga, yoki nordon ta’mli (pH <5,5) suyuqlkka qoʻshiladi.
Yetarli miqdorda suyuqlik iste’mol qilish, ayniqsa, koʻp yoʻqotilganda, muhim ahamiyatga ega. Suyuqlik taqchilligi qabziyatni kuchaytirib yuborishi mumkin.
Kreon® bolalarda foydalanish uchun tasdiqlangan.
Katta yoshlilar va bolalarda turli kasalliklar va holatlar, jumladan, ammo shu bilan cheklanmagan holda, quyida keltirilgan sabablar bilan yuzaga kelgan oshqozon osti bezining ekzokrin yetishmovchiligini davolash:
– mukovistsidoz;
– surunkali pankreatit;
– gastrektomiya;
– oshqozonning toʻliq yoki qisman rezektsiasidan keyin (masalan, Bilrot boʻyicha gastroentrotomiya);;
– Shvahman-Daymond sindromi;
– pankreatit zoʻrayishidan va enteral yoki peroral oziqlanish tiklangandan keyingi holat;
– normal me’da-ichak funsiyasi bo’lgan patsientlarda ovqatlanish xatoligi (yog’li ovqat yeyish, me’yordan ortiq ovqat iste’mol qilish, nomuntazam ovqatlanish va hk.) xollarida ovqat hazm qilishni yaxshilash.
Oshqozon osti bezi ekzokrin yetishmovchiligining turli koʻrinishlarida preparat dozasini xususiy tartibda taom hazmining buzilish darajasi va taomning yogʻlilik tarkibiga qarab belgilanadi.
Asosiy ovqatlanish vaqtlari uchun dori qabul qilish dozasi 25000 dan 80000 birlikkacha lipazani tashkil etishi mumkin, yengil tamaddi paytida esa, xususiy dozaning yarmini tashkil etishi lozim.

Oʻrtacha sutkalik doza tana vazniga nisbatan 10 000 ЕД Ph Eur/10 kg tashkil etadi va ovqatlanish vaqtida qabu lqilinadi. 1 yoshdan katta bolalarda doza lipaza boʻyicha hisoblanadi: kuniga 2000-6000 IU / kg, asosiy taomlanish uchun 500-1000 IU / kg va qo’shimcha taomlanish uchun 250-500 IU / kg.
Emizikli yoshdagi bolalar uchun preparatni har 100-150 ml sut uchun 2500 dan 5000 birlik dozada buyuriladi.
Doza kasallik darajasi, steatoreya nazorati va ovqatlanishning tegishli tartibiga rioya etilishiga qarab xususiy tartibda belgilanadi.
Ushlab turuvchi doza aksariyat patsiyentlar uchun kuniga har 1 kg tana vazniga 10 000 birlidan oshmasligi yoki iste’mol qilingan bir gramm yogʻga 4000 birlidan oshmasligi kerak.