Dyuspatalin®

Ichaklardagi spazm va og‘riqlarga qarshi1*

DYUSPATALIN® QAYSI HOLATLARDA QO‘LLANILADI?1*?

Ta’sirlangan ichak sindromi belgilarini simptomatik davolash uchun1

Qorin sohasidagi og‘riq

Qorin sohasida vaqti-vaqti bilan kuzatiladigan, defekatsiya yoki gaz chiqarishdan keyin intensivligi kamayishi mumkin bo‘lgan, og‘riq2,3

Ichak spazmlari

Og‘riq hamda noqulaylik hissini keltirib chiqarishi mumkin2,3

Ichak faoliyatining buzilishi

Diareya, qabziyat yoki ularning almashib turishi2,3

Qorin dam bo‘lishi va shishish (taranglik) hissi

Gaz hosil bo‘lishining ortishi bilan bog‘liq2,3

*Dyuspatalin® preparatini qo‘llash uchun ko‘rsatma ta’sirlangan ichak sindromi bilan bog‘liq ichak sohasidagi og‘riq, spazmlar, funksional buzilishlar va diskomfortni simptomatik davolashdir.

DYUSPATALIN® qanday ta’sir ko‘rsatadi?1*?


DYUSPATALIN® ni QANDAY QABUL QILISH KERAK1?
Дюспаталин

Preparat qabul qilingach, 15 daqiqa ichida spazmatik og‘riq
yengillashadi yoki bartaraf bo’ladi4

Ichakning normal peristaltikasini tiklashga yordam beradi6

Kuniga 1 kapsuladan 2 mahal1

Xarid qilish

DYUSPATALIN® YO‘RIQNOMASI
Preparat tarkibi

Faol modda (XPN): mebeverin gidroxloridi
Tarkibi:
1 kapsula tarkibida:
Faol modda: mebeverin gidroxloridi 200 mg;
Yordamchi moddalar:
kapsula ichidagisi: magniy stearati, metilmetakrilat va etilakrilat sopolimeri [2:1], talk, gipromelloza, metakril kislotasi va etilakrilat sopolimeri [1:1], triatsetin;
qattiq jelatin kapsula: jelatin, titan dioksidi (E171);
siyoh tarkibi: shellak (E904), propilen glikol, ammiakning konsentrlangan eritmasi, kaliy gidroksidi, temirning qora oksidi (E172).

Preparatning dori shakli

Dori shakli: ta’siri uzaytirilgan kapsulalar

Farmakoterapevtik guruhi

Farmakoterapevtik guruhi: spazmolitik vosita.
ATX kodi: A03AA04.

Farmakologik xususiyatlari

Ta’sir mexanizmi va farmakodinamik samarasi.
Miotrop ta’sirga ega spazmolitik vosita bo‘lib, me’da-ichak yo‘lining silliq mushaklariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi va ichakning normal peristaltikasiga ta’sir qilmagan holda spazmni bartaraf etadi. Ushbu ta’sir vegetativ nerv tizimi tomonidan boshqarilmagani sababli, antixolinergik vositalarga xos nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmaydi.
Davolash davomiyligi. 
Preparatni qo‘llash davomiyligi cheklanmagan. Biroq simptomlarning yengillashuvi odatda davolash boshlanganidan kamida 2-4 hafta o‘tgach kuzatiladi, yanada yaqqolroq ta’sir esa 6-8 hafta davom etgan terapiyadan keyin namoyon bo‘lishi mumkin. Davolash davomiyligini belgilashda bemordagi kasallikning individual kechishi va mavjud simptomlar inobatga olinishi lozim. Klinik tadqiqotlar natijalari hamda sog‘liqni saqlash organlari tavsiyalariga muvofiq, simptomlarning yanada yaqqol yengillashuviga erishish uchun shifokor davolash samaradorligi va bemor holatidagi o‘zgarishlarni muntazam baholab borishi kerak. Uzoq muddatli davolashda kuzatuv davri 12 oygacha, uzluksiz davolash holatida esa 6 oygacha davom ettirilishi tavsiya etiladi. Davolovchi shifokor davolash samaradorligini, jumladan, bemorning klinik javobini hamda uzluksiz terapiya davomida simptomlarning yengillashish darajasini baholash uchun mas’ul hisoblanadi.
Mebeverin bilan o‘tkazilgan ikkita postmarketing kuzatuv tadqiqoti 6-8 haftalik davolashdan keyin klinik foyda kuzatilishi mumkinligini ko‘rsatgan. Bir tadqiqotda mebeverin qabul qilish boshlanganidan 2 hafta o‘tgach simptomlarning yengillashuvi qayd etilgan bo‘lib, bu bemorlar hayot sifatining yaxshilanishi bilan tasdiqlangan. Davolashning 6-haftasida bemorlarning 91 foizida hayot sifati ko‘rsatkichi (me’da-ichak simptomlari bo‘yicha subshkala) yaxshilangani aniqlangan. Ikkinchi tadqiqotda mebeverin bilan davolash 8 haftalik kuzatuv davri davomida ta’sirlangan ichak sindromi simptomlarining yanada yaxshilanishiga olib kelgan. Davolash boshlanishida simptomlar bemorlarning 41,6-79,9 foizida kuzatilgan bo‘lsa, yaxshilanish 4-haftada 26,1-36,6 foiz bemorlarda, 8-haftada esa 37,2-47,4 foiz bemorlarda qayd etilgan.
Klinik samaradorligi va xavfsizligi.
Mebeverinning turli dori shakllarini qo‘llashning klinik samaradorligi va xavfsizligi 1500 dan ortiq bemorda o‘rganilgan. Klinik tadqiqotlarda, jumladan referent va nazorat qilinadigan tadqiqotlarda, ta’sirlangan ichak sindromining asosiy simptomlari (masalan, qorin og‘rig‘i va ich kelishi xususiyatlarining buzilishi) sezilarli darajada kamaygani kuzatilgan.
Mebeverinning barcha dori shakllari tavsiya etilgan dozalash rejimida umuman olganda xavfsiz va yaxshi o‘zlashtirilgan.
Bolalar.
Tabletkalar va kapsulalar ishtirokidagi klinik tadqiqotlar faqat kattalarda o‘tkazilgan.
Tabletkalar va kapsulalarning dozalash tartibi mebeverinning xavfsizligi va yaxshi o‘zlashtirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida belgilangan.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Mebeverin og‘iz orqali qabul qilingandan so‘ng tez va to‘liq so‘riladi. Modifikatsiyalangan ajralib chiqishga ega dori shakli preparatni kuniga 2 marta qabul qilish imkonini beradi.
Taqsimlanishi
Preparatning takroriy dozalari qabul qilinganda sezilarli darajada kumulyatsiya kuzatilmaydi.
Metabolizmi
Mebeverin gidroxloridi asosan esterazalar ta’sirida metabolizmga uchraydi. Birinchi bosqichda efir veratr kislotasi va mebeverin spirtiga parchalanadi. Qon plazmasida aylanib yuruvchi asosiy metabolit demetillangan karboksil kislotadir. Muvozanat holatida demetillangan karboksil kislotaning yarim chiqarilish davri taxminan 5,77 soatni tashkil etadi. Preparat takroriy qabul qilinganda (kuniga 2 marta 200 mg), demetillangan karboksil kislotaning qondagi maksimal konsentratsiyasi (Cmax) 804 ng/ml ni tashkil etadi, maksimal konsentratsiyaga erishish vaqti (Tmax) esa taxminan 3 soatni tashkil qiladi.
Modifikatsiyalangan ajralib chiqishga ega kapsulaning o‘rtacha nisbiy biokiraolishligi 97% ni tashkil etadi.
Chiqarilishi
Mebeverin o‘zgarmagan holda organizmdan chiqarilmaydi, balki to‘liq metabolizmga uchraydi, uning metabolitlari esa deyarli to‘liq organizmdan chiqariladi.
Veratr kislotasi buyraklar orqali chiqariladi. Mebeverin spirti ham siydik bilan chiqariladi, qisman karboksil kislota, qisman esa demetillangan karboksil kislota shaklida chiqariladi.Klinik tadqiqotlar natijalari hamda sog‘liqni saqlash organlari tavsiyalariga muvofiq, simptomlarning yanada yaqqol yengillashuviga erishish uchun shifokor davolash samaradorligi va bemor holatidagi o‘zgarishlarni muntazam baholab borishi kerak. Uzoq muddatli davolashda kuzatuv davri 12 oygacha, uzluksiz davolash holatida esa 6 oygacha davom ettirilishi tavsiya etiladi. Davolovchi shifokor davolash samaradorligini, jumladan bemorning klinik javobini hamda uzluksiz terapiya davomida simptomlarning yengillashish darajasini baholash uchun mas’ul hisoblanadi.
Mebeverin bilan o‘tkazilgan ikkita postmarketing kuzatuv tadqiqoti 6-8 haftalik davolashdan keyin klinik foyda kuzatilishi mumkinligini ko‘rsatgan. Bir tadqiqotda mebeverin qabul qilish boshlanganidan 2 hafta o‘tgach simptomlarning yengillashuvi qayd etilgan bo‘lib, bu bemorlar hayot sifatining yaxshilanishi bilan tasdiqlangan. Davolashning 6-haftasida bemorlarning 91 foizida hayot sifati ko‘rsatkichi (me’da-ichak simptomlari bo‘yicha subshkala) yaxshilangani aniqlangan.
Ikkinchi tadqiqotda mebeverin bilan davolash 8 haftalik kuzatuv davri davomida ta’sirlangan ichak sindromi simptomlarining yanada yaxshilanishiga olib kelgan. Davolash boshlanishida simptomlar bemorlarning 41,6-79,9 foizida kuzatilgan bo‘lsa, yaxshilanish 4-haftada 26,1-36,6 foiz bemorlarda, 8-haftada esa 37,2-47,4 foiz bemorlarda qayd etilgan.

Qo‘llashga ko‘rsatmalar

Kattalar va 10 yoshdan katta bolalar
ta’sirlangan ichak sindromi bilan bog‘liq ichak sohasidagi og‘riq, spazmlar, funksional buzilishlar va noqulayliklarni simptomatik davolash. Me’da-ichak trakti a’zolari spazmlarini, shu jumladan organik kasalliklar bilan bog‘liq spazmlarni simptomatik davolash.

Qo‘llash usuli va dozasi

Ichga qabul qilish uchun.
Kapsulalarni yetarli miqdordagi suv (kamida 100 ml) bilan butunligicha yutish kerak. Kapsulalarni chaynash tavsiya etilmaydi, chunki ularning qobig‘i preparatning uzoq muddat davomida ajralib chiqishini ta’minlaydi.
Kattalar va 10 yoshdan katta bolalar
Kuniga 2 marta, ertalab va kechqurun 1 kapsuladan qabul qilinadi.
Dyuspatalin 200 mg preparati bilan davolashda terapiya samarasini to‘liqroq baholash uchun davolash davomiyligi kamida 6-8 haftani tashkil etishi kerak. Biroq simptomlarning yengillashuvi davolash boshlanganidan 2-4 hafta o‘tgach kuzatilishi mumkin (batafsil ma’lumot uchun “Farmakodinamik xususiyatlari” bo‘limiga qarang). Preparatni qabul qilish davomiyligi cheklanmagan.
Agar bemor bir yoki bir nechta dozani qabul qilishni unutib yuborgan bo‘lsa, preparatni keyingi belgilangan dozadan boshlab qabul qilishni davom ettirishi kerak. O‘tkazib yuborilgan dozani odatdagi dozaga qo‘shimcha ravishda qabul qilish mumkin emas.
Maxsus bemorlar guruhlari
Keksa yoshdagi bemorlar, buyrak faoliyati va/yoki jigar faoliyati buzilgan bemorlar uchun dozani tanlash bo‘yicha maxsus tadqiqotlar o‘tkazilmagan Mavjud postmarketing ma’lumotlar ushbu bemorlar guruhlarida o‘ziga xos xavf mavjudligini ko‘rsatmagan. Keksa yoshdagi bemorlarda, shuningdek buyrak va/yoki jigar faoliyati buzilgan bemorlarda dozani tuzatish talab etilmaydi.

Nojo‘ya ta’sirlari

Quyidagi nojo‘ya reaksiyalar to‘g‘risidagi xabarlar preparatning postmarketing qo‘llanilishi davrida olingan. Ushbu ma’lumotlar spontan xabarlarga asoslanganligi sababli, ularning uchrash tez-tezligini aniq baholash uchun mavjud ma’lumotlar yetarli emas.

Allergik reaksiyalar asosan teri va teri osti to‘qimalari tomonidan kuzatilgan, biroq allergiyaning boshqa ko‘rinishlari ham qayd etilgan.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar:
eshakemi (urtikariya), angionevrotik shish, yuz shishi, ekzantema.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar:
o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (anafilaktik reaksiyalar).

Qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar

Faol moddaga yoki preparat tarkibidagi yordamchi moddalarning istalgan biriga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va emizish davri. 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar (ushbu dori shakli uchun).

Dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri

Mazkur preparatning alkogol bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlargina o‘tkazilgan. Hayvonlarda o‘tkazilgan in vitro va in vivo tadqiqotlar Dyuspatalin® preparati bilan etil spirti o‘rtasida hech qanday o‘zaro ta’sir mavjud emasligini ko‘rsatgan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Mavjud emas.
Homiladorlik va emizish davri 
Homiladorlik
Homilador ayollarda mebeverinni qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar yetarli emas. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari preparatning reproduktiv toksikligini baholash uchun yetarli emas. Dyuspatalin® preparatini homiladorlik davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Emizish davri
Mebeverin yoki uning metabolitlari ko‘krak sutiga o‘tishi yoki o‘tmasligi noma’lum. Hayvonlarda bu borada tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Dyuspatalin preparatini emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Fertillik
Preparatning erkaklar va ayollardagi fertilitetga ta’siri bo‘yicha klinik ma’lumotlar mavjud emas. Biroq hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda Dyuspatalin preparatining fertilitetga salbiy ta’siri aniqlanmagan.
Bolalar
Ushbu yosh guruhi uchun klinik ma’lumotlar mavjud emasligi sababli, Dyuspatalin preparatini 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Tarkibida 200 mg mebeverin gidroxloridi saqlovchi ta’siri uzaytirilgan kapsulalarni faol modda miqdori yuqori bo‘lganligi sababli 3 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri.
Preparatning transport vositalarini boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri bo‘yicha maxsus tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Preparatning farmakologik xususiyatlari va uni qo‘llash tajribasi mebeverinning transport vositalarini boshqarish hamda boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlamaydi.

Dozani oshirib yuborish

Preparat dozasi oshirib yuborilganda nazariy jihatdan markaziy nerv tizimi qo‘zg‘aluvchanligining ortishi kuzatilishi mumkin. Mebeverin dozasi oshirib yuborilgan holatlarda simptomlar umuman kuzatilmagan yoki yengil darajada bo‘lgan hamda, odatda, tezda qaytuvchan xususiyatga ega bo‘lgan. Qayd etilgan dozani oshirib yuborish simptomlari asosan nevrologik va yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Maxsus antidoti ma’lum emas. Simptomatik davolash tavsiya etiladi. Me’dani yuvish faqat preparatning bir necha dozasi qabul qilinganidan so‘ng taxminan bir soat ichida intoksikatsiya aniqlangan hollardagina tavsiya etiladi. Preparatning so‘rilishini kamaytirishga qaratilgan qo‘shimcha choralar talab etilmaydi.

Chiqarilish shakli

Alyuminiy folga va PVX plyonkadan tayyorlangan blisterlarda 15 tadan kapsula.
Tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga 2 ta blister joylangan.

Saqlash sharoitlari

Asl qadoqda, 5°C dan 25°C gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.
Yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng preparatni qo‘llamang.

Dorixonalardan berilish tartibi

Retseptsiz.

Ishlab chiqaruvchi

Mylan Laboratories SAS, Fransiya / Mylan Laboratories SAS, France.

Ishlab chiqaruvchining joylashgan manzili va faoliyat yuritish manzili

Route de Belleville, Lieu dit Maillard, 01400 Chatillon-sur-Chalaronne, Fransiya.
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositasining sifati bo‘yicha e’tirozlar (takliflar)ni qabul qiluvchi tashkilotning nomi va manzili
O‘zbekiston Respublikasidagi “Abbott Laboratories GmbH” vakolatxonasi 100015, Toshkent shahri, Oybek ko‘chasi, 38A. Telefon: +998 78 129 05 50 (sutka davomida). E-mail: pv.cis@abbott.com.

FAQ (Tez-tez so‘raladigan savollar)

DYUSPATALIN® me’da-ichak yo‘lining silliq mushaklariga bevosita ta’sir ko‘rsatib, ichakning normal peristaltikasiga ta’sir qilmagan holda spazmlarni bartaraf etadi1.

Preparat ta’sirlangan ichak sindromi bilan bog‘liq ichak sohasidagi og‘riq, spazmlar, funksional buzilishlar va noqulayliklarni simptomatik davolash uchun qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, me’da-ichak trakti boshqa a’zolarining spazmlarini simptomatik davolashda ham qo‘llaniladi1.

1. DYUSPATALIN preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Preparat me’da-ichak yo‘lining silliq mushaklariga bevosita ta’sir ko‘rsatib, ichakning normal peristaltikasiga ta’sir qilmagan holda spazmlarni bartaraf etadi1.

Bunday ta’sir mexanizmi preparatni ta’sirlangan ichak sindromi bilan bog‘liq og‘riq, spazmlar, funksional buzilishlar va noqulayliklarni simptomatik davolashda qo‘llash imkonini beradi. Shuningdek, preparat me’da-ichak trakti boshqa a’zolarining spazmlarini davolashda ham qo‘llaniladi1.

1. DYUSPATALIN preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Ha. DYUSPATALIN® ta’sirlangan ichak sindromi bilan bog‘liq og‘riq, spazmlar, funksional buzilishlar va noqulayliklarni kamaytirish uchun qo‘llanilishi mumkin1. Preparat 200 mg dozada qabul qilinganda simptomlarning yengillashuvi odatda davolashning 2-4 haftasi davomida kuzatiladi. Barqaror klinik samaraga erishish uchun davolash davomiyligi kamida 6-8 haftani tashkil etishi kerak1.

Ta’sirlangan ichak sindromi (TIS) qorin sohasidagi takrorlanuvchi og‘riq va/yoki noqulaylik bilan tavsiflanadi hamda ichak faoliyatidagi o‘zgarishlar, jumladan qabziyat, diareya yoki ularning almashib turishi bilan kechadi2.

TIS bilan og‘rigan bemorlarni davolash bo‘yicha xalqaro tavsiyalarga ko‘ra, spazmolitik preparatlar qorin og‘rig‘ini nazorat qilish va bemorning holatini yaxshilashga qaratilgan kompleks davolashning bir qismi sifatida qo‘llanilishi mumkin2.

1. DYUSPATALIN preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

2. Corsetti M, Shin A, Lacy BE, va boshqalar. Bowel Disorders. Gastroenterology. 2026;170(6):1261-1282. doi:10.1053/j.gastro.2026.02.003.

Ha, agar og‘riqning sababi ichak silliq mushaklarining spazmi bilan bog‘liq bo‘lsa. Spazm ichak devori mushaklarining haddan tashqari qisqarishini anglatadi. Bunday holat qorin sohasida og‘riq, bosim hissi, og‘irlik hissi yoki noqulaylik bilan kechishi mumkin2. DYUSPATALIN® me’da-ichak yo‘lining silliq mushaklariga bevosita ta’sir ko‘rsatib, ichakning normal peristaltikasiga ta’sir qilmagan holda spazmni bartaraf etadi1.

Biroq qorin og‘rig‘i boshqa holatlar bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Quyidagi xavotirli belgilar kuzatilganda albatta shifokorga murojaat qiling: kamqonlik (anemiya), rektal qon ketishi (najasda qon aniqlanishi), tana vaznining sababsiz kamayishi, tungi diareya, najasni tutib turolmaslik, simptomlarning 50 yoshdan keyin ilk bor paydo bo‘lishi, oila a’zolarida kolorektal saraton mavjudligi, ichakning yallig‘lanish kasalliklari yoki seliakiya2.

1. DYUSPATALIN preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

2. Corsetti M, Shin A, Lacy BE, va boshqalar. Bowel Disorders. Gastroenterology. 2026;170(6):1261-1282. doi:10.1053/j.gastro.2026.02.003.

DYUSPATALIN® qorin dam bo‘lishi ichak spazmlari va ichak motorikasining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda ushbu simptomning kamayishiga yordam berishi mumkin1,3.

Ayrim bemorlarda ichak spazmlari ichak tarkibining normal harakatlanishini qiyinlashtirishi mumkin, bu esa qorin dam bo‘lishi, gaz hosil bo‘lishining ortishi va qorin sohasidagi noqulaylik hissi bilan kechadi. Spazmlarning kamayishi ushbu simptomlar ifodalanishining pasayishiga olib kelishi mumkin2,3.

Shuni hisobga olish kerakki, qorin dam bo‘lishining sabablari turlicha bo‘lishi mumkin. U ovqatlanish xususiyatlari, ayrim mahsulotlarni o‘zlashtira olmaslik, stress yoki me’da-ichak trakti kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shu sababli davolash samaradorligi simptomlarning kelib chiqish sababiga bog‘liq2.

1. DYUSPATALIN preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

2. Corsetti M, Shin A, Lacy BE va boshq. Bowel Disorders. Gastroenterology. 2026;170(6):1261-1282. doi:10.1053/j.gastro.2026.02.003.

3. Daniluk J, Małecka-Wojciesko E, Skrzydło-Radomańska B, Rydzewska G. The Efficacy of Mebeverine in the Treatment of Irritable Bowel Syndrome: A Systematic Review. J Clin Med. 2022;11(4):1044. doi:10.3390/jcm11041044.

Simptomlarning yengillashuvi odatda davolash boshlanganidan keyin kamida 2-4 hafta ichida kuzatiladi. Yanada yaqqolroq ta’sir esa 6-8 hafta davom etgan terapiyadan so‘ng namoyon bo‘lishi mumkin1. Davolash davomiyligini belgilashda bemordagi kasallikning individual kechishi ham inobatga olinishi kerak1.

Maksimal natijaga erishish uchun preparatni qabul qilish bo‘yicha tavsiya etilgan tartibga va shifokor belgilagan davolash davomiyligiga rioya qilish muhimdir.

1. DYUSPATALIN preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

DYUSPATALIN® 200 mg kapsulalarini ovqat qabul qilishdan qat’i nazar qabul qilish mumkin1. Kapsulani yetarli miqdordagi suv (kamida 100 ml) bilan butunligicha yutish kerak. Kapsulalarni chaynash tavsiya etilmaydi, chunki ularning qobig‘i preparatning uzoq muddat davomida ajralib chiqishini ta’minlaydi1.

1. DYUSPATALIN preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

DYUSPATALIN® preparatining boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri bo‘yicha faqat alkogol bilan bog‘liq tadqiqotlar o‘tkazilgan. Mebeverin va etil spirti o‘rtasida hech qanday o‘zaro ta’sir aniqlanmagan1.

Ilmiy adabiyotlarda mebeverinni antibakterial preparatlar, o‘t haydovchi vositalar hamda probiotiklar bilan birgalikda qo‘llash tajribasi tavsiflangan2-4. Biroq davolashni boshlashdan oldin qabul qilayotgan barcha dori vositalari, jumladan retseptsiz beriladigan preparatlar, biologik faol qo‘shimchalar va o‘simliklardan tayyorlangan vositalar haqida shifokorga ma’lumot berish tavsiya etiladi.

1. DYUSPATALIN preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

2. Krapivnaia O.V., Alexeenko S.A. Evaluation of the Effectiveness of Combination Therapy in Patients with Different Types of Irritable Bowel Syndrome Associated with Small Intestinal Bacterial Overgrowth. Experimental and Clinical Gastroenterology. 2018;(5):19-23.

3. Ilchenko I.A., Delyukina O.V. O‘t yo‘llari disfunksiyalarining o‘t-tosh kasalligi patogenezidagi ahamiyati. Experimental and Clinical Gastroenterology. 2011;(7):70-78.

4. Shayxutdinova O.V., Galiakberova A.R., Guryev D.A., Ionova S.I., Volevach L.V. Surunkali nokalkulyoz xoletsistitda spazmolitik terapiya samaradorligi. Experimental and Clinical Gastroenterology. 2009;(2).

DYUSPATALIN® preparati mebeveringa yoki preparat tarkibidagi yordamchi moddalarning istalgan biriga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda qo‘llashga qarshi ko‘rsatilgan1. Shuningdek, preparat homiladorlik va emizish (laktatsiya) davrida qo‘llanilmaydi1.

Bundan tashqari, preparatni qo‘llash uchun yoshga oid cheklovlar mavjud bo‘lib, ular preparatning dori shakli va dozasiga bog‘liq. Preparatni qo‘llashdan oldin tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishish va shifokor tavsiyalariga rioya qilish zarur1.

1. DYUSPATALIN preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

DYUSPATALIN® qabul qilingandan so‘ng tez va to‘liq so‘riladi. Ta’siri uzaytirilgan kapsula shakli preparatni kuniga 2 marta qabul qilish imkonini beradi1.

Preparatni qo‘llash davomiyligi cheklanmagan. Simptomlarning yengillashuvi odatda davolash boshlanganidan keyin kamida 2-4 hafta ichida kuzatiladi. Barqaror klinik samaraga erishish uchun davolash davomiyligi kamida 6-8 haftani tashkil etishi kerak1. Davolash davomiyligini belgilashda bemordagi kasallikning individual kechishi va simptomlarning xususiyatlarini inobatga olish zarur1.

1. DYUSPATALIN preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Manbalar:

  1. DYUSPATALIN® preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha
    yo‘riqnoma.
  2. Corsetti M., Shin A., Lacy B.E. va boshq. Bowel Disorders. Gastroenterology. 2026;170(6):1261-1282. doi:10.1053/j.gastro.2026.02.003.
  3. Lorenzo C., Saps M., Chumpitazi B.P. va boshq. Lower and Biliary Disorders of Gut-Brain Interaction: Child and Adolescent. Gastroenterology. 2026;170(6):13671387.doi:10.1053/j.gastro.2026.01.036.
  4. Ivashkin V.T., Mayev I.V., Baranskaya Ye.K. va boshq. Rossiya gastroenterologlar assotsiatsiyasining o‘t-tosh kasalligini diagnostika qilish va davolash bo‘yicha tavsiyalari.Remedium Povoljye. 2016;9(149).
  5. De Giorgio R, Boeckxstaens GE, Cryan JF, D’Amato M, Dinning PG, Hasler WL,
    Vanuytsel T, Houghton LA. Fundamentals of Neurogastroenterology: Physiological Aspects and Clinical Implications. Gastroenterology. 2026;170(6):1114-1132.doi:10.1053/j.gastro.2026.02.004.
  6. Maev I.V., Okhlobystina O.Z., Khalif I.L., Andreev D.N. Irritable bowel syndrome in the Russian Federation: results of the ROMERUS multicenter observational study // Terapevticheskii arkhiv. – 2023. – Vol. 95. – N. 1. – P. 38-51. doi: 10.26442/00403660.2023.01.202043

DYUSPATALIN (mebeverin gidroxloridi). Mylan Laboratories SAS, Route de Belleville, Lieu dit Maillard, 01400 Chatillonsur-Chalaronne, Fransiya. Kattalar va 10 yoshdan katta bolalar uchun: ta’sirlangan ichak sindromi bilan bog‘liq ichak sohasidagi og‘riq, spazmlar, funksional buzilishlar va noqulayliklarni simptomatik davolash uchun. Me’da-ichak trakti a’zolari spazmlarini, shu jumladan organik kasalliklar bilan bog‘liq spazmlarni simptomatik davolash uchun.

Dori vositasi reklamasi. Qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar mavjud. Qo‘llashdan oldin tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishing yoki mutaxassisga murojaat qiling. O‘zbekiston Respublikasi SSV ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi: DV/X 02317/10/16, 05.11.2026 yilgacha amal qiladi.

O‘zbekistondagi “Abbott Laboratories GmbH” vakolatxonasi manzili: 100015, Toshkent shahri, Oybek ko‘chasi, 38A.

UZC-26-1200