


Duphalac
March 10, 2026

Qabziyat – odatda muhokama qilinmaydigan muammo, ammo uning mavjudligi og’ir noqulaylik va hayot sifatining ahamiyatli pasayishi sifatida namoyon bo`ladi. Bunda hojatga borish zarurat emas, balki azobga aylanadi.
Qabziyat deb qiyin yoki to’liq bo’lmagan ichak defekatsiyasining haftasiga 3 martadan kam sodir bo’lishi qabul qilingan. Shuningdek, qabziyat jadvalda tavsiflangan boshqa belgilar bilan ham aniqlanishi mumkin.
| Defekatsiya akti xususiyatlari | Norma | Qabziyat |
|---|---|---|
| Ichakni boʻshatish chastotasi | Kuniga 3 martadan haftasiga 3 martagacha | Haftasida 3 martadan kam |
| Kuchanish davomiyligi | Defekatsiya akti vaqtining 25% dan kamrog’i | Defekatsiya akti vaqtining 25% dan ko’prog’i |
| Najas shaklining konsistensiyasi | Bristol shkalasi bo’yicha III-V turdagi | Bristol shkalasi bo’yicha I va II turdagi |
| Ichak tarkibining to’liq bo`shanmaganligi hissi | Yoq | Bor |
| Najas massasining o’tishida to’siqlar hissi | Yoq | Bor |
| Ichakni bo`shatish uchun barmoqdan foydalanish | Yoq | Bor |
2 va undan ortiq mezonlarga ijobiy javob, belgilar oxirgi 3 oy davomida mavjudligi, birinchi alomatlar kamida 6 oy avval paydo bo’lganligi qabziyat mavjudligini tasdiqlaydi.
Qabziyat ko`plab sabablar tufayli yuzaga kelishi mumkin, masalan, kam tolali dieta, etarli darajada suyuq qabul qilmaslik hamda quyi jismoniy faollik. Bundan tashqari, oshqozon-ichak trakti faoliyati buzilishi tufayli «ikkilamchi qabziyat» mavjudki, bu alohida kasallik bo’lib, qo’shimcha simptom sifatida ich qotishi bilan birga keladi.

Ko’p jihatdan muvaffaqiyat uning paydo bo’lish sabablarini bartaraf etishga bog’liq.
Agar ratsioningizda tolalar etarli bo’lmasa, uning iste’molini ko’paytirish darkor.
Sabzavot va mevalar tarkibida juda ko’p tolalar mavjud. Tarkibidagi tolalar bo`yicha etakchilar chia urug’lari, jo’xori, yasmiq, nok, no’xat, malina va lavlagi hisoblanadi.
O`troq turmush tarzi va kam jismoniy faollik bo`lgan taqdirda, kechki yurish simptomlarni engillashtiruvchi usul bo`lishi mumkin.
Ammo, etarlicha faol bo’lsangiz, qo`shimcha yugurish muammoingizni hal qilishi dargumon.
Ich qotishida surgi vositalarini ham qabul qilishingiz mumkin. Tanlov dorilardan biri tarkibi laktulozadan iborat dori bo’lishi mumkin.
Laktuloza disaxarid bo`lib, suvning yo`g’on ichak bo’shlig’iga o`tishiga yordam berish bilan ichak tarkibining hajmini oshiradi, axlatning konsistentsiyasini yumshatadi va uning ichak orqali harakatlanishini osonlashtiradi.
Laksatif ta’sirga qo`shimcha ravishda, laktuloza foydali ichak mikroorganizmlari uchun ozuqa moddasi bo’lib xizmat qiladi va ichak mikroflorasini normallashtirishga yordam beradi.
Albatta to`g’ri dozalashga rioya qilish muhimdir: yo`riqnomalarda ko`rsatilgan boshlang’ich sutkalik dozadan (masalan, kattalar uchun 45 ml gacha) boshlang va jarayonni o`rnatgandan so`ng, ushlab turuvchi dozaga o’ting.
*”noqulaylik” deganda qabziyati tushuniladi

UZN2349017